PSJ Messi uchun yaxshi tanlov – Rivaldo

Sport

image

Kataloniyaning “Barselona” va O‘zbekistonning “Bunyodkor” jamoasi sobiq yarimhimoyachisi, braziliyalik futbolchi Rivaldo Lionel Messining PSJga ehtimoliy transferi to‘g‘risida so‘z ochdi.

“PSJ sport direktori Leonardo Messini jamoa tarkibiga qo‘shib olmoqchi. Leoning “Barselona” bilan shartnomasi yozda tugaydi.

Jamoa bosh murabbiyi argentinalik mutaxassis ekanini hisobga olsak, PSJ Messi uchun yaxshi variant, har holda hamyurti qo‘l ostida to‘p suradi. Undan tashqari, PSJda Neymar bor. Messi u bilan avvalgidek futbol o‘ynashi mumkin bo‘ladi.

Agar parijliklardan taklif bo‘lsa, Messi rozilik berishiga yetarlicha sabablar bor”, deydi u.

Rivaldo shuningdek, Fransiya chempionati “La Liga”ga nisbatan kuchsizligi va Messi u yerda porlashini ta’kidlagan. 

“Messiga PSJdan ko‘proq maosh beradigan klublar soni kam. Shuningdek, Fransiya futboli uchun ham, Messi bilan shartnoma imzolash media va homiylik jihatidan foydali bo‘ladi”, deydi Rivaldo.


Maqola muallifi

Teglar

transfer Barselona Messi PSJ Rivaldo

Baholaganlar

65

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing