PSJ Mbappening ikki oylik maoshini bermayapti
Sport
−
05 iyun 2024 5909 1 daqiqa
PSJ o‘zining sobiq hujumchisi Kilian Mbappening may va aprel oylari uchun maoshini o‘tkazmadi, shuningdek, fevral uchun bonusni ham to‘lamadi. Bu haqda “L'Equipe” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, shu yo‘l bilan fransuz grandi hujumchining klubdan erkin agent sifatida ketganining o‘rnini to‘ldirmoqchi. Bildirilishicha, umumiy hisobda PSJ Mbappega 80 million yevro to‘lamasligi mumkin.
Ikkala tomonning advokatlari vaziyatni hal qilish ustida ishlamoqda. Agar kelishuvga erishishning iloji bo‘lmasa, vaziyatga Fransiya Professional futbol ligasi yuridik xizmati aralashishi mumkin.
Qayd etish joiz, 3 iyun kuni Mbappe rasman “Real Madrid” futbolchisiga aylandi. Uning “qirollik klubi”dagi yillik maoshi soliqlarsiz hisoblaganda 15 million yevroni tashkil etadi. Mbappening shartnomasida 1 milliard yevro tovon puli ham bor.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr