PSJ Mbappega o‘rinbosar topdi

Sport

image

PSJ "Barselona"ning 16 yoshli vingeri Lamin Yamal uchun 200 million yevro taklif qilishga tayyor. Bu haqda “Marca” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, fransuz grandi Yamalni hujumchi Kilian Mbappega o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Mbappening esa kelasi yozda PSJni tark etib, “Real”ga o‘tish ehtimoli katta. Yamal manfaatlarini himoya qiluvchi taniqli futbol agenti Jorje Mendesh shu haftada “Barselona” prezidenti Joan Laporta bilan uchrashib, ushbu transfer imkoniyatlarini muhokama qildi.

Qayd etilishicha, “Barselona” Yamalning sotilishiga qarshi, chunki klub Yamalni eng ishongan futbolchilaridan biri hisoblaydi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Yamal barcha turnirlarda 37 ta o‘yinda qatnashib, 6 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi. “Transfermarkt” portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 60 million yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona PSJ Lamin Yamal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing