PSJ Mbappega milliard yevrolik shartnoma taklif qildi
Sport
−
21 iyul 2023
6162Fransiyaning PSJ klubi mahalliy futbolchi Kilian Mbappega 10 yilga mo‘ljallangan 1 milliard yevrolik shartnoma taklif qildi. Bu haqda “Marca” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, PSJ rahbariyati 2024 yil yozida jamoa bilan tuzgan shartnomasi yakunlanadigan 24 yoshli hujumchini klubda olib qolish uchun unga 10 yillik shartnoma taklif qilgan. Mbappe mazkur taklifni qabul qilgan taqdirda, keyingi 10 yil ichida milliard yevro ishlab olishi mumkin. Biroq futbolchi va agentlarining ushbu taklifga qanday munosabat bildirgani aniq emas.
Gap shundaki, Mbappe PSJ bilan kelasi mavsumda yakuniga yetadigan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmayapti. Hujumchi bunga qadar klub tomonidan berilgan har qanday taklifni rad etgan va buning ortidan jamoa futbolchi uchun transfer eshiklarini ochishga majbur bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Mbappening Parij klubi bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi. 24 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarda 43 o‘yinda 41 ta gol urib, 10 ta golga hammualliflik qilgan. “Transfermarkt” portali uni 180 million yevroga baholagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq PSJ klubi boshliqlari Kilian Mbappega nisbatan ultimatum qo‘yishi haqida xabar berilgan edi. Futbolchiga qo‘yiladigan talabga ko‘ra, u shu yozda klub bilan shartnomacbni uzaytirishi yoki boshqa jamoaga o‘tishi kerak.
LiveBarchasi