PSJ ketma-ket 5-marta Fransiya chempioni bo‘ldi
Sport
−
14 may 1801 1 daqiqa
Kecha, 13 may kuni Liga 1 ning qoldirilgan 29-turida parijliklar “Lans”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Ushbu g‘alaba evaziga PSJ 76 ochko to‘plab, muddatidan oldin chempionlik unvonini rasmiylashtirdi.
Dastlab 29-daqiqada Xvicha Kvaratsxeliya hisobni ochgan bo‘lsa, uchrashuvning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan 90+3-daqiqada Ibrohim Mbaye jamoasining ishonchli g‘alabasini rasmiylashtirdi. Shu tariqa, PSJ ketma-ket beshinchi mavsum Fransiya chempionligini qo‘lga kiritdi.
Endilikda “Pari Sen-Jermen” Fransiya chempionatining so‘nggi turida “Parij”ga qarshi o‘z o‘yinini o‘tkazadi. Shundan so‘ng Luis Enrike shogirdlari Chempionlar ligasi finali uchun tayyorgarlikni boshlaydi.
Ma’lumot uchun, Parij klubi so‘nggi bor 2020-2021 mavsumida chempionlikni qo‘lga kirita olmagan edi. O‘sha mavsumda chempionlikni “Lill” nishonlagan bo‘lib, PSJ turnir jadvalida atigi bir ochko ortda qolib, ikkinchi o‘rinni egallagan.

Live
BarchasiQo‘yliqda ham yong‘in sodir bo‘ldi
06 avgust