PSJ katta miqdorda jarimaga tortildi
Sport
−
10:09 488 1 daqiqa
Fransiya Professional futbol ligasi (LFP) PSJni “Renn”ga qarshi Fransiya chempionati doirasidagi uchrashuvni ko‘chirgani uchun 150 ming yevro miqdorida jarimaga tortdi. Bu haqda “L’Équipe” nashri xabar berdi.
Liga 1 birinchi turi doirasidagi mazkur bahs dastlab joriy yilning 23 avgust kuni PSJ maydonida o‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Biroq “Park de Prens” stadionidagi maydon holati talabga javob bermagani sababli uchrashuv “Renn” maydoniga ko‘chirildi.
“Musobaqalar komissiyasi LFP qoidalarining maydon holati va zaxira stadionining mavjudligi bo‘yicha klublar majburiyatlarini belgilovchi moddasiga muvofiq PSJni 150 ming yevro miqdorida jarimaga tortishga qaror qildi”, deyiladi LFP xabarida.
Liga, shuningdek, jamoalar o‘rtasidagi ikkinchi uchrashuv, ya’ni 23-tur bahsi “Park de Prens” stadionida bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi.
“Renn” o‘zining rasmiy sayti orqali o‘yinni ko‘chirish haqidagi qaror yuzasidan “o‘z huquqlarini himoya qilish” maqsadida Fransiya Milliy olimpiya va sport qo‘mitasiga shikoyat qilishi mumkinligini ma’lum qilgan.
Ma’lumot uchun, PSJ Liga 1ning dastlabki ikki turidan so‘ng 2 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 6-o‘rinda bormoqda.
Live
BarchasiTibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oshdi
28 avgust
Maktablarda qamrov 78 foizga oshirildi
28 avgust