PSJ futbolchisi odam savdosi ayblovlarini rad etdi

Sport

image

Avvalroq, “Pari Sen-Jermen” himoyachisi Lyuka Ernandes va uning rafiqasi Viktoriyu Triayga odam savdosi va noqonuniy mehnat ayblovlari qo‘yilgani haqida xabar berilgan edi. Endi Lyuka Ernandes bu ayblovlarni rad etib, bu haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini aytdi. Bu haqda futbolchi Instagram sahifasida ma’lum qildi.

“Biz o‘zini do‘st sifatida ko‘rsatgan va hayotini biz bilan bo‘lishgan odamlarga ishondik. Bu ishonchga xiyonat qilindi. Biz hech qachon yomon niyat bilan yoki qonunni buzib harakat qilmaganmiz, ularga insoniylik nuqtai nazaridan yordam berdik”, deydi Ernandes.

Shuningdek, Ernandes va Triay muammoni qonuniy doirada hal qilishlarini ta’kidlagan. 

“Bu vaziyat oilamizga chuqur qayg‘u keltirdi. Hozirda masala sud organlari tomonidan ko‘rib chiqilmoqda, ijtimoiy tarmoqlardagi hikoyalar emas, faktlar hisobga olinadi. Biz odamlarni odob-axloq, vazminlik va hurmatga chaqiramiz”, deya qo‘shimcha qiladi Lyuka Ernandes

Ma’lumot uchun, Mari ismli 27 yoshli kolumbiyalik ayol 2024 yil kuzida Fransiyaga kelib, Ernandesning uyida ishlashni boshlagan. Keyinchalik ayolning oilasi ham Fransiyaga ko‘chib o‘tgan. Advokatining so‘zlariga ko‘ra, ularga naqd pul to‘langan va mehnat shartnomasiz ishlatilgan, ijtimoiy ta’minot yoki ishsizlik nafaqasi berilmagan.

Marining so‘zlariga ko‘ra, Ernandesning oilasi unga va uning yaqinlariga kam maosh to‘lagan, qul kabi muomala qilgan va qonuniy yashash va’dasini bergan, lekin amalga oshirmagan.


Maqola muallifi

Teglar

odam savdosi Lyuka Ernandes “Pari Sen-Jermen”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing