PSJ futbolchisi faoliyatini MLS'da davom ettirishi mumkin

Sport

image

PSJ hujumchisi Lionel Messi 2023 yilning yozida fransuz klubi bilan shartnomasi tugagach, Major League Soccer (MLS) vakili "Inter Mayami"ga o‘tishi mumkin. Bu haqda "The Athletic" nashri xabar bermoqda. Manba xabariga ko‘ra, Messida PSJ bilan shartnomasini uzaytirish yoki "Barselona"ga qaytish variantlari ham bor.

Ma’lum qilinishicha, Leo va AQSH klubi vakillari bir necha yillardan buyon transferni muhokama qilib kelishmoqda. Devid Bekxem bilan birga “Inter Mayami”ga egalik qiladigan Xorxe va Xose Maslar Messining otasi Xorxe Messi bilan muzokaralar olib bormoqda.

Messi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 17 ta o‘yinda 12 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

"Transfermarkt" portali 35 yoshli futbolchining transfer qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

futbol

Baholaganlar

28

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing