PSJ darvozaboni va uning xotini o‘g‘irlab ketildi
Sport
−
21 iyul 2023 16445 1 daqiqa
Fransiyaning “PSJ” klubi darvozaboni Janluiji Donnarumma va uning xotini Parijdagi uyidan o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda “Actu17” xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 20 iyul kuni tunda Donnarummaning Parij shahri VIII okrugida joylashgan uyiga noma’lum shaxslar bostirib borgan. Ular avvaliga futbolchining hashamatli uyi kiraverishida qarshilik qilgan qorovulni bog‘lab, zararsizlantirgan va uy eshigini buzib kirgan. Shundan so‘ng, Donnarumma va uning turmush o‘rtog‘i bog‘lab, olib ketilgan.
Oradan bir necha soat vaqt o‘tgach, juftlik o‘g‘rilar qo‘lidan qutulishga muvaffaq bo‘lgan va uyi yaqinida joylashgan mehmonxonaga borgan. Mehmonxona xodimlari darxol politsiyaga xabar bergan hamda jabrlanuvchilarni shifoxonaga yuborgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yetkazilgan zarar miqdori 500 ming yevro deb baholanmoqda. Shuningdek, jinoyat Parijning bezorilik bilan kurashish bo‘limi tomonidan tergov qilinayotgani ma’lum qilingan.
Live
Barchasi