PSJ Holand uchun kurashga qo‘shildi

Sport

image

Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” jamoasi Erling Holand borasida “Manchester Siti”ga so‘rov yubordi. Bu haqda TEAMtalk xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, parijliklar ingliz klubiga maxfiy so‘rov yuborib, 25 yoshli norvegiyalik hujumchining holatidagi har qanday o‘zgarishlar haqida xabardor qilinishni so‘ragan. Parijliklar jamoani tark etishi kutilayotgan Usmon Dembelening o‘rnini norvegiyalik hujumchi bilan to‘ldirishni maqsad qilgan. Biroq futbolchining o‘zi hozircha “Manchester Siti”ni tark etish niyatida emas. Holandning klub bilan amaldagi shartnomasi 2034 yil yozigacha mo‘ljallangan.

“Real Madrid” va “Barcyelona” bu vaziyatga alohida qiziqish bildirmoqda. Ispaniya gigantlari norvegiyalikning shartnomasida uni arzon narxda sotib olish imkonini beruvchi band borligiga ishonadi. 

Xabarlarga ko‘ra, “Barselona” allaqachon taxminan 175 million yevroga baholangan ehtimoliy transfer uchun mablag‘ yig‘ishni boshlagan.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Holand barcha musobaqalarda 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 29 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma amalga oshirdi. “Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 200 million yevroni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq PSJ jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike 2026 yil yozida Usmon Dembelening klubdan ketishini talab qilgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya PSJ Holand

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing