Prokurorlar ham, soliqchilar ham – hammasi poraxo‘r – Mirziyoyev

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, bugun, 21 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirmanchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018 yilning 31 martidan 2019 yilning 20 iyuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimida faoliyat yuritgan Otabek Murodovga nisbatan jinoiy ish ochilganini ochiqladi. Davlat rahbarining ma’lum qilishicha, Murodovga ochilgan jinoiy ish korrupsiya bilan bog‘liq. Bu haqda Senat yalpim majlisida ishtirok etayotgan  QALAMPIR.UZ muxbiri Sunnatilla Abdullayev xabar berdi. 

“Mana, ikkinchi prokuror ham korrupsiyada ayblanib, jinoyat ishi ochildi. Men unga ishongandim. Kimgadir ishonib, uni prokuror lavozimiga qo‘ysamu u ertaga borib viloyat, tumandan 100-50 ming pora so‘raydi. Prokuraturaning o‘zida prokuror bo‘ladigan odam yo‘q, ular to‘da bo‘lib ketgan. Prokurorlar ham, soliqchilar ham hammasi poraxo‘r. Sobiq rahbarlar Abdullayev ham, Murodov ham katta muddat bilan ozodlikdan mahrum etiladi”, deydi Shavkat Mirziyoyev. 

Prezident Otabek Murodov haqidagi fikrlarini davom ettirarkan, ularning ish boshlamasidan poraxo‘rlikka berilishini tanqid qildi. 

“Kimgadir amal beraman, u esa pora oladi, 20 xonalik uy quradi. Shu uyning bor-yo‘g‘i ikkita xonasida yashaydi. Nima kerak pora olib?”

Eslatib o‘tamiz, Murodovgacha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimida ishlagan Rashid Qodirov va Ixtiyor Abdullayevga ham jinoyat ishi ochilgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

610

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing