Prokuror Trampning Twitter'ini tekshirmoqda
Olam
−
10 avgust 2023
2834Donald Tramp ustidan tergov olib borayotgan AQSH maxsus prokurori yanvar oyida sobiq prezidentning Twitter ma’lumotlarini maxfiy qidiruvga berdi, bu haqda BBC xabar berdi.
Keltirilishicha, prokuror Jek Smit Trampning akkauntiga tegishli ma’lumotlar va yozuvlarni so‘ragan, ular orasida nashr etilmagan postlar ham bo‘lishi mumkin.
Twitter dastlab orderga qarshilik ko‘rsatdi, ammo oxir-oqibat ma’lumotlarni berishga majbur bo‘ldi. Buning natijasida platforma sud tomonidan belgilangan muddatning uch kunini o‘tkazib yubordi va shu sababli kompaniya sudga hurmatsizlik qilgan deb topilib, 350 ming AQSH dollari miqdorida jarimaga tortildi.
Qidiruv buyrug‘ining mavjudligi va unga nisbatan huquqiy kurash kecha 9 avgust kuni muhrlanmagan sud hujjatlarida ma’lum bo‘ldi. Ularda Smit aynan nimani qidirayotgani haqida ma’lumot yo‘q. Sud arizasiga ko‘ra, order kompaniyaga faqat Trampning akkaunti bilan bog‘liq “ma’lumotlar va yozuvlarni ko‘rib chiqishni” buyurgan.
Tramp qidiruv e’lon qilingani haqidagi xabarga javoban “Bu mening fuqarolik huquqlarimga katta zarba bo‘ldi. Bu Amerikadagi qora kunlar!” deb yozdi.
Eslatib o‘tamiz, 3 avgust kuni AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Vashingtondagi Kolumbiya okrugi federal sudi yig‘ilishiga keldi.
LiveBarchasi