Gremning o‘limi Trampga “qora ishora” bo‘lishi mumkin – Dugin
Olam
−
13 iyul 4443 2 daqiqa
Rossiyalik propagandachi faylasuf Aleksandr Dugin AQSH senatori Lindsi Gremning to‘satdan vafoti ortida Isroilning tashqi razvedka xizmati – “Mossad” turgan bo‘lishi mumkinligini da’vo qildi. Bu haqda u o‘zining X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozdi.
Unga ko‘ra, bu AQSH Prezidenti Donald Trampga yuborilgan “qora ishora” bo‘lib, uni Eronga qarshi keng ko‘lamli urushni qayta boshlashga undash maqsadini ko‘zlagan.
Shuningdek, Dugin voqeaga Eron aloqadorligiga shubha bilan qarashini aytgan. Uning fikricha, eng ehtimoliy ssenariy ushbu hodisa “Mossad” tomonidan uyushtirilganidir.
“Lindsi Gremning to‘satdan o‘limi Trampga yuborilgan qora belgi bo‘lishi mumkin. Bu ochiqchasiga: “Navbat seniki”, degan ma’noni anglatadi. Lindsi Grem Trampning soyasi, uning qorong‘i alter egosi edi”, deya yozgan Dugin.
Duginning ushbu bayonoti Gremning o‘limidan so‘ng paydo bo‘lgan fitna nazariyalari fonida yangradi. Hozircha uning da’volarini tasdiqlovchi hech qanday rasmiy dalil yoki isbot taqdim etilmagan. AQSH rasmiylari o‘limda tashqi aralashuv alomatlari aniqlanmaganini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lindsi Grem qisqa muddatli va kutilmaganda yuzaga kelgan xastalik oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Keyinchalik e’lon qilingan sud-tibbiy ekspertizaning dastlabki xulosasiga ko‘ra, u ateroskleroz oqibatida yuzaga kelgan aorta yorilishi sabab vafot etgani ma’lum bo‘lgan.
Live
Barchasi