Prokuror suddan “Baxti Tashkentskiy” uchun 20 yil qamoq jazosi so‘radi
3-sahifa
−
11 iyul
13347Prokuror 21 ta jinoyat sodir etishda ayblanib, sudlanayotgan “Baxti Tashkentskiy”ni 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilishni so‘radi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Xabaringiz bor, 2023 yilning noyabr oyida bir nechta jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib qo‘lga olingan, “Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev ishi yuzasidan dastlabki tergov tamomlanib, 3 iyun kuni sud majlisi boshlangan edi. QALAMPIR.UZ’ning bir-biridan mustaqil manbalari ayni damda sud tergovi o‘z nihoyasiga yetganini xabar qilmoqda.
Sud tergovni yakunlab, tomonlar muzokarasiga o‘tgan. Davlat ayblovchisi suddan Baxtiyor Qudratullayevga qo‘yilgan ayblovlar tasdig‘ini topgani, yengillashtiruvchi holatlar mavjud emasligini va boshqa barcha holatlarni inobatga olib, Jinoyat kodeksining 242-moddasi (Jinoiy uyushma tashkil etish), 165-moddasi (Tovlamachilik), 168-moddasi (Firibgarlik), 104-moddasi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish), 109-moddasi (Qasddan badanga yengil shikast yetkazish) va 276-moddasi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar)sida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topib, Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida, ya’ni bir necha jinoyatlar sodir etganlik uchun uzil-kesil jazo tayinlash yo‘li bilan 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish, Jinoyat kodeksining 34-moddasini qo‘llab, “Baxti Tashkentskiy”ni o‘ta xavfli retsidivist deb topish va tayinlangan jazo muddatini maxsus tartibli koloniyada o‘tashini so‘ragan.
Qolaversa, davlat ayblovchisi suddan Jinoyat kodeksining 96-moddasi (Jazo bilan birga tayinlanadigan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash)ni qo‘llab, giyohvandlik moddalaridan majburiy davolashni belgilashni ham so‘ragan.
LiveBarchasi