Prokuror ruxsati bilan advokatlarning telefon so‘zlashuvlari “tinglanishi” mumkin
Jamiyat
−
24 mart 2020
13727Avval xabar berganimizdek, bugun, 24 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining uchinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.
Senat a’zolari “Fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklarini muhofaza qilishga qaratilgan qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini ko‘rib chiqdi.
Ta’kidlanishicha, Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2 ta qonuni va 1 ta kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi 5 moddadan iborat.
Tezkor-qidiruv tadbirlarining yangi turlari joriy etilishi uchun “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartish kiritiladi.
Unda prokurorning roziligi bilan advokatning telefonlari va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali amalga oshiriladigan so‘zlashuvlari, uzatiladigan xabarlari va ma’lumotlarini nazorat qilish belgilanishi mumkin.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.