Prokuratura o‘z ko‘kragiga o‘q uzib, joniga qasd qilgan IIB xodimi haqida ma’lumot berdi

Jamiyat

image

Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida bo‘lib o‘tgan hodisa – IIB xodimining o‘z ko‘krak qismiga o‘q uzib, vafot etgani haqida xabar tarqalgandi. Viloyat prokuraturasi “Huquq va iste’molchi” gazetasida chop etilgan maqola bo‘yicha rasmiy bayonot berdi.

Unga ko‘ra, hodisa o‘tgan yil 29 avgust kuni sodir bo‘lgan. Soat taxminan 09:40 larda Do‘stlik tuman IIB ma’muriy binosining nazorat o‘tkazish punktida xizmatga jalb qilingan tuman IIB xodimi bo‘lgan marhum Sh.B. o‘ziga biriktirilgan “Makarov” nomli 7230-raqamli jangovar qurol bilan ko‘krak qismiga bir marotaba o‘q uzib, tan jarohati olgani sababli tuman tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari tomonidan ko‘rsatilgan tez tibbiy yordamga qaramasdan, Sh.B. soat 10:30 larda vafot etgan.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari davom etyapti.


Maqola muallifi

Teglar

prokuratura IIB

Baholaganlar

2533

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing