Prokuratura tizimi xodimlari orasida koronavirusdan ilk o‘lim qayd etildi
Jamiyat
−
22 iyul 2020
24298Bugun, 22 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i, 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi Hakimboy Ashirovich Halimov vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Hakimboy Halimovda bir necha kun avval koronavirus infeksiyasi aniqlangan ekan.
1954 yilda tug‘ilgan Hakimboy Halimov uzoq yillar prokuratura organlarida samarali mehnat qilgan. Xususan, u Bosh prokuror o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori lavozimlarida ishlagan. Shuningdek, 2017-2019 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq qabulxonasi boshlig‘i sifatida ham faoliyat olib borgan.
LiveBarchasi
Farg‘onada qiymati 76 mln so‘mlik “paqqilloqlar” ushlandi
07 noyabr 2023
Shavkat Mirziyoyev Qatar sobiq bosh vazirini qabul qildi
07 noyabr 2023
Falastin Bosh vaziri Muhammad Shtaye G‘azodagi urush sabab halok bo‘lgan bolalar haqida gapirayotib yig‘lab yubordi
07 noyabr 2023