Prokuratura Madina Muxtorovaning o‘g‘li tanasida jarohatlar aniqlanganini ochiqladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Madina Muxtorovaning kenja o‘g‘li Mirfayz Alimjonovaning akasi va kelinoyisi tomonidan kaltaklanishi yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Bosh prokuraturaga ko‘ra, voyaga yetmagan fuqaro Mirfayz Alimjonovning tanasida yengil jarohatlar aniqlangan. Jumladan, rasmiy bayonotda shunday deyiladi: 

“Ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, ko‘plab bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan voyaga yetmagan Mirfayz Alimjonovning kaltaklanishi holati yuzasidan tergov oldi tekshirish harakatlari o‘tkazildi.
 
Tekshirish davomida tayinlangan sudga oid tibbiyot ekspertizasining joriy yil 4 yanvar kunidagi xulosasiga ko‘ra, Mirfayz Alimjonovning tanasida aniqlangan jarohatlar – sog‘liqning qisqa muddatga buzilishiga olib kelgan yengil tan jarohatlari turkumiga kirishi aniqlangan”.

Bosh prokuraturaning qayd etishicha, tekshirish yakuniga ko‘ra, 4 yanvar kuni Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan JKning 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha Yunusobod tumani IIO FMB TB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Madina Muxtorova

Baholaganlar

391

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing