Prokuratura IIO xodimi shifokorni kaltaklagani haqidagi xabar bo‘yicha tekshiruv boshladi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda ichki ishlar xodimi tomonidan shifokor kaltaklanganligi haqida xabar tarqaldi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirib, tekshiruv boshlanganini ma’lum qildi.

“Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon viloyati prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

O‘zbekistonda shifokorlarning fuqarolar tomonidan kaltaklanishi tez-tez uchrab turadi. Ammo tibbiyot xodimlarining ichki ishlar organlari xodimi tomonidan kaltaklanishi yuz bermasdi.

Bosh prokuratura tekshiruv natijalari haqida xabar qilinishini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon shifokor

Baholaganlar

253

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing