Prokuratura deputatning uyida joniga qasd qilgan o‘zbekistonlik bo‘yicha surishtiruv boshladi

Olam

intihar-orta

Avvalroq, Turkiyaning Adolat va taraqqiyot partiyasi deputati, nafaqadagi general Shirin Unalning uyida oqsoch bo‘lib ishlayotgan 23 yashar o‘zbekistonlik Nodira Qodirova generalning to‘pponchasi bilan o‘zini otib, joniga qasd qilgani haqida xabar bergan edik.

Hodisa ortidan Anqara Politsiya boshqarmasi bayonoti berdi.

“Ba’zi OAV va ijtimoiy tarmoqlarda 23 sentyabr kuni soat 21:00 da Istanbul deputati Shirin Unalning uyida yuz bergan suiqasd yuzasidan quyidagi bayonotni e’lon qilamiz.

Suiqasd deputatning rafiqasi, qizi va boshqa xizmatchilar uyda bo‘lgan vaqtda sodir bo‘lgan. Hodisaga aloqador barcha qayd va ro‘yxatga olish ishlari prokuror nazoratida amalga oshirildi.

Voqea joyida o‘tkazilgan tekshiruvda suiqasddan boshqa biror shubhali holat aniqlanmadi. Nodira Qodirovaning xonasida joniga qasd qilish niyatida bo‘lgani to‘g‘risidagi qaydlar va boshqa barcha dalillar tergov materialiga kiritilgan. Holat yuzasidan surishtiruv prokuror tomonidan olib borilyapti”, deyiladi politsiya bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, marhumaning akasi Muhammadali Qodirov suiqasd bo‘yicha sud-tibbiy ekspertiza juda tez o‘tkazilgani va bu yuzasidan yetarli gumonlari borligini ma’lum qilgan. Uning qayd etishicha, Qodirovaning oila a’zolariga uning o‘z joniga qasd qilishi bilan bog‘liq hech qanday ma’lumot berilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya suiqasd Nodira Qodirova Shirin Unal

Baholaganlar

341

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing