Prokuratura bog‘chada bolani urgan tarbiyachi ishi bo‘yicha tekshiruv boshladi
Jamiyat
−
18 yanvar 2021
10095Kecha, 17 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanidagi 13-maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyachi qarovidagi bolaga tanbeh berish asnosida uni urgani aks etgani video tarqaldi.
Samarqand viloyati prokuraturasi mazkur holatga rasmiy munosabat bildirdi.
Unga ko‘ra, holat yuzasidan Bulung‘ur tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi