Profilaktika inspektorlari cho‘kayotgan ayolni qutqarib qoldi

Jamiyat

image

Joriy yilning 15 aprel kuni Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanida cho‘kayotgan ayol profilaktika inspektorlari tomonidan qutqarib qolindi. Bu haqda “Postda” Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, voqea Xo‘jayli tumani IIB HPB profilaktika katta inspektori, kapitan Biysenbay Qayipnazarov va profilaktika inspektori, kapitan Salamat Utemisov kundalik taqsimot bo‘yicha o‘zlariga biriktirilgan “Suo‘yenli” makon fuqarolar yig‘ini hududida aholining karantin qoidalarga amal qilishini nazorat qilish yuzasidan xizmat olib borayotgan paytda ro‘y bergan. 

Xodimlar chamasi soat 11:00 larda hududdan oqib o‘tuvchi “Suo‘yenli” kanali bo‘yida cho‘kib ketayotgan fuqaroni ko‘rib qolishgan. Ularning tezkor yordam berishi tufayli fuqaroning hayoti saqlab qolingan.

Ma’lum bo‘lishicha, qutqarilgan ayol shu tumanda yashovchi, 1989 yili tug‘ilgan D.A. bo‘lib, oilaviy kelishmovchilik tufayli o‘z joniga suiqasd qilmoqchi bo‘lgan ekan.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qoraqalpog'iston kanal

Baholaganlar

129

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing