Professional boksda super jang: Joshua Usikni sinovdan o‘tkazadi

Sport

image

Professional boksning birinchi og‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni, ukrainalik Aleksandr Usik joriy yilning 25 sentyabr kuni britaniyalik Entoni Joshua bilan jang qiladi. Bellashuv Londondagi “Tottenxem” stadionida WBA, WBO, IBF va IBO chempionlik kamarlari uchun bo‘lib o‘tadi. 

Aleksandr o‘zining Instagram sahifasida shartnoma imzolash jarayoni hamda reklama posterini namoyish etdi.

“Yo‘l bosib o‘tganniki”, deya yozib qoldirgan Usik.

34 yoshli ukrainalik bokschi 2013 yildan buyon professional boksda ishtirok etib keladi. Usik birinchi og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempionligini qo‘lga kiritgach, barcha kamarlaridan voz kechib, superog‘ir vazn toifasiga o‘tdi. So‘nggi jangini 2020 yilning oktyabr oyida o‘tkazib, britaniyalik Derek Chisorani ochkolar evaziga mag‘lubiyatga uchratgan edi. Aleksandr faoliyati davomi 18 ta bahsning barchasida g‘alabaga erishgan (shundan 13 nokaut).

Entoni Joshua ham 2013 yildan buyon prof boksda faoliyat yuritadi. Uning hisobida 25 jangdan so‘ng 24 g‘alaba mavjud (22 nokaut). Bitta bellashuvda nokaut evaziga mag‘lub bo‘lgan. U so‘nggi bor 2020 yilning 12 dekabr kuni bolgariyalik Kubrat Pulevni nokautga uchratgan. 

Ma’lumot o‘rnida, 2012 yilgi London Olimpiadasida Aleksandr Usik og‘ir, Entoni Joshua esa superog‘ir vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Professional boks WBA Entoni Joshua IBF WBO IBO Aleksandr Usik

Baholaganlar

38

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing