Prof boksda mutlaq chempionlik jangi. Qonli duelda “yovvoyi” g‘alaba qozondi

Sport

image

28 noyabr kuni professional boksning yengil vazn toifasida WBC, WBA Super, WBO, IBF va The Ring yo‘nalishlari bo‘yicha mutlaq Jahon chempioni Teofimo Lopes (16-1) AQSHning Nyu-York shahridagi “Xulu” teatrida avstraliyalik Jorj Kambosos (20-0, 10 KO) o‘rtasidagi jang kutilmagan natija bilan yakunlandi. 

Gap shundaki, Kambosos favorit sifatida qaralayotgan Lopesni to‘liq 12 raund davom etgan bahsda mag‘lubiyatga uchratdi.

Birinchi raundda avstraliyalik raqibini kuchli “kross” zarbasi bilan nokdaunga tushirdi. Keyingi raundlarda esa Lopes ketma-ket bir nechta kuchli zarbalar yo‘lladi va ustunlikka erisha boshladi.

Jang ekvatorga yaqinlashgani  sari “yovvoyi” Kambosos faollikni oshirdi. Avstraliyalik bokschi tezlikda raqibini ortda qoldira boshladi, kuchli zarbalar berdi, ularning bir nechtasi Lopesni ortga chekinishga majbur qildi. E’tiborlisi, raundlardan biri tugaganidan so‘ng, referi bokschilarni ajratayotib, zarba o‘tkazib yubordi.

Джордж Kambosos / Getty Images

Butun jang davomida Teofimo barchasi joyidaligi va jangga tayyor ekanligini ko‘rsatdi, buni chempionli raundlarida isbotladi. O‘ninchi raundda Lopes Kambososni “nokdaun” holatiga tushirdi va jangga nuqta qo‘yish uchun barcha imkoniyatlarga ega edi. Biroq, Jorj uning bosimiga dosh bera oldi.

11-raundda shifokor ringga chiqib, Lopesning holatini tekshirdi, chunki uning har ikki qoshi yorilgan edi. Kambososning burchagi ham jang yakuniga qadar yuzidagi qonni bartaraf etishga harakat qildi.

Джордж Kambosos / Getty Images

Vanihoyat, mutlaq Jahon chempionligi uchun o‘tkazilgan bahsda Jorj “yovvoyi” Kambosos hakamlarning bo‘lingan qarori bilan g‘alaba qozondi. Shu tariqa “yovvoyi” bokschi yengil vazn toifasining WBC, WBA Super, WBO, IBF va The Ring chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritdi.
 


Maqola muallifi

Teglar

WBC IBF Prof boks Lopes Kambosos WBA Super WBO

Baholaganlar

221

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing