Prof boks yulduzi futbolda debyut qiladi

Sport

image

Professional boksning super og‘ir vazn toifasida WVA Super, WVO, IBF va IBO yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempioni Aleksandr Usik Ukrainaning “Polese” futbol klubi futbolchisi bo‘layotgani haqida gapirdi.

“Men birinchi ligadagi “Polese Jitomir” jamoasi safida debyut qilaman. Klub bilan Turkiya yig‘inida qatnashaman va 3 fevra kuni maydonga tushaman. Qishki kubok – Futbol telekanalida tomosha qiling. Hammaga boks, keyin esa futbol”, deydi Usik.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda “mushuk” super og‘ir vazn toifasidagi jahon chempioni Entoni Joshuani ishonchli tarzda mag‘lub etib, undan barcha kamarlarini tortib olgan. Shuningdek, ukrainalik, nazariy jihatdan, WVC chempioni Tayson Fyuri bilan jang qilish va mutlaq chempion bo‘lishga da’vo qilmoqda.

U prof boksda 19 ta jang o‘tkazgan hamda barchasini g‘alaba bilan yakunlagan. 13 marta raqiblarini nokautga uchratishni uddalagan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 17 yanvar kuni Usik 35 yoshga to‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

IBF Aleksandr Usik Usik WVO Mushuk WVA Super

Baholaganlar

37

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing