Prigojin Belarusda kompaniya ochdi

Olam

image

“Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi asoschisi Yevgeniy Prigojin Belarusda “Konkord Menedjment i Konsalting” kompaniyasini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bu haqdagi ma’lumot Respublika Adliya vazirligining yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning yagona davlat reyestrida mavjud.

Qayd etilishicha, ushbu kompaniyaning faoliyat yo‘nalishi ko‘chmas mulkni boshqarish. Kompaniya Mogilev viloyatidagi Sel qishlog‘ida ro‘yxatga olingan.

“Ushbu qishloqda respublikaga ko‘chib kelgan “Vagner” jangchilari uchun dala lageri joylashgan”, deyiladi xabarda.

Reyestrdagi yozuvga e’tibor qaratgan “Reform.by” ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniyaning ustav kapitali 200 Belarus rublini (taxminan 80 dollar) tashkil etadi. Kompaniya 19 iyulda ro‘yxatga olingan.

Prigojinning bir kunlik isyoni

Joriy yilning 24 iyun kuni “Vagner” jangchilari Rostovdagi Janubiy harbiy okrug shtab-kvartirasini egallab oldi. Prigojin Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimov “Vagner”ga topshirilishini talab qilib, Moskvaga borishini e’lon qildi. Bu orada Moskvada ham xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati esa Prigojinga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atdi. 

Kechga borib Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko Rossiya Federatsiyasi Prezidenti bilan kelishilgan holda “Vagner” rahbari Yevgeniy Prigojin bilan muzokara olib borgani ma’lum bo‘ldi. Muzokaralar yakunida Rossiya hududida qurolli harakatlarni to‘xtatish va keskinlikni yumshatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Prigojin ham Moskvaga ketayotgan qo‘shinlari ortga qaytarilganini ma’lum qildi.

Shuningdek, Prigojin o‘zi kimligi, uning hayot yo‘li haqida quyidagi maqolada tanishishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

kompaniya Evgeniy Prigojin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing