Prezident ishdan olgan vazir o‘rinbosari yangi lavozimga tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Qaxramon Tanzilovich Olimov A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti Toshkent filiali direktori etib tayinlandi.

A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti pedagogika sohasida jahonda taniqli universitet hisoblanadi. Toshkent filialida 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab “Maktabgacha ta’lim”, “Maxsus pedagogika (Surdopedagogika, Tiflopedagogika, Oligofrenopedagogika)”, “Psixologiya”, “Rus tilini o‘qitish nazariyasi va metodikasi” va “Psixologiya va ijtimoiy pedagogika” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi. Filialda o‘qitish grant va shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Qaxramon Olimov 2020-2021 yillar mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, Maktabgacha ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari joriy yilning 24 may kuni hududlarda maktabgacha ta’lim muassasalari qamrovini kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan lavozimidan ozod qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov

Baholaganlar

313

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing