Prezidentning o‘g‘li Jahon chempionatida gol urdi

Sport

image

Liberiya Prezidenti va 1995 yilgi "France football" nashrining “Oltin to‘p” mukofoti sohibi Jorj Veaning o‘g‘li Timoti Vea Uelsga qarshi JCH guruh bosqichining 1-turida gol urdi. 

AQSH terma jamoasi hujumchisi Timoti Vea uchrashuvning 36-daqiqasida to‘p kiritib, bahsda hisobni ochdi.

Futbolchilik faoliyati davomida Timoti Veaning otasi Jorj Vea "Monako", Fransiyaning “Pari Sen-Jermen”, Italiyaning "Milan", Angliyaning "Chelsi" va “Manchester Siti” klublarida o‘ynagan, Italiya va Fransiya chempioni bo‘lgan. 1995 yilda u "Oltin to‘p" mukofoti sohibiga aylangandi. Jorj Vea bu sovrinni qo‘lga kiritgan afrikalik yagona futbolchi hisoblanadi. Lekin, Jorj Vea Liberiya terma jamoasi bilan Jahon chempionatiga chiqa olmagan. 

Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so‘ng, Jorj Vea insonparvarlik va siyosiy faoliyat bilan shug‘ullangan. 2017 yil dekabr oyida u Liberiyaning 25-prezidenti sifatida tasdiqlangan.

Ma’lumot uchun, JCHda qatnashayotgan 22 yoshli Timoti Vea Fransiyaning "Lill" klubi a’zosi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

JCH2022 Vea

Baholaganlar

1172

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing