Prezidentning oldida rol o‘ynatilgan “aktyor”larga uy berildi

Jamiyat

image

Joriy yilning may oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Andijon viloyatiga tashrifidan avval 6 nafar kam ta’minlangan ishlab chiqarish sexi ishchisiga uy berilib, ulardan intervyu olinib, davlat rahbari safaridan keyin uylar qaytarib olingani haqida xabarlar tarqalgandi.

Shundan so‘ng Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov yig‘ilish o‘tkazib, uy berilib, qaytarib olingan ayollar haqida tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritdi.

Bu orada Bosh prokuratura Andijonda Prezidentni aldaganlarni javobgarlikka tortishni talab qildi. Shundan so‘ng bu masaladan biror yangilik bo‘lmayotgandi.

Andijon shahar hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Mohinur Qosimovaning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston mustaqilligining 28 yilligi arafasida Xurshida Tillayeva, Muyassar Rahimova, Dilfuza Teshaboyeva, Shohista Bakirova, Mehrinoz Abduvaliyeva, Hayriniso Ermatova va’da qilingan xonadonlarga ko‘chib kirishgan.

“Boshimdan turli savdolar o‘tdi. Albatta, tushunmovchiliklar bo‘ldi. Bugun shu uyga ko‘chib kirgach yelkamdan tog‘ ag‘darilgandek bo‘ldi. O‘zimni yengil xis qila boshladim. Bundan tashqari seximiz rahbari ham ishga qaytishimni iltimos qildi. Endi Rossiyaga ketish yo‘q. Aksincha, ko‘proq ishlashga, farzandlarimni bekamu ko‘st qilib voyaga yetkazishga harakat qilaman. Biz uchun qayg‘urgan barchaga o‘z minnatdorligimni izhor qilaman”, dedi ayollardan biri Muyassar Rahimova.

Eslatib o‘tamiz, uy bilan bog‘liq muammolardan keyin Muyassar Rahimova butunlay Rossiyaga ketishi va unday so‘ng o‘z joniga qasd qilgani haqida xabar tarqalgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon uy

Baholaganlar

173

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made