Prezidentning oilasi iphone 12 pro max shaydosi ekani fosh bo‘ldi

Olam

image
0:00
0:00
download

Kecha, 15 mart kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev rafiqasi – vitse-prezident Mehribon Aliyeva va qizi Leyla Aliyeva hamrohligida Armaniston ishg‘olidan ozod qilingan Fuzuli va Xo‘javand viloyatlariga bordi. 

Mehribon Aliyeva Instagram’dagi rasmiy sahifasiga sayohatga oid videolavhalarni joylashtirdi. 

Lavhada Ozarbayjon rahbari qanday qilib qo‘riqlanadigan hududlarni aylanib o‘tishi, shaxsan avtomobil boshqarishi aks etgan. 

Sayohat davomida Ozarbayjon Prezidenti yo‘l bo‘ylab joylashgan aholi punktlarining yo‘q qilinishiga e’tibor qaratgan. 

Prezident Aliyevning ta’kidlashicha, ishg‘ol paytida armanlar Ozarbayjonning tarixiy merosini yo‘q qilishga urindi.

“Ammo ular buni uddalay olishmadi. Biz bu yerlarga qaytdik. Biz qahramon va g‘olib xalq sifatida qaytib kelib, dushmanni o‘z zaminimizdan quvib chiqardik”,  deydi u. 

Davlat rahbari Armanistonni qo‘llab-quvvatlovchi xorijiy doiralar uning qurolli kuchlari tomonidan bosib olingan Ozarbayjon zaminlarida qilinayotgan shafqatsizlikka e’tibor berishlari kerakligini ta’kidladi. 

Ozarbayjon Prezidenti, shuningdek, ozod qilingan hududlarda tiklash ishlari boshlanganini, yangi yo‘llar qurilayotganini ma’lum qilgan. 

Ijtimoiy tarmoqlarda Ozarbayjon Prezidentining oilasi Apple kompaniyasi mahsulotlari “mubtalosi” ekani muhokama qilinmoqda. Prezident Matbuot xizmati tomonidan safar davomida olingan suratlarda birinchi xonim Mehribon Aliyeva va Prezidentning qizi Leyla Aliyevaning iphone 12 pro max telefonidan foydalanishi aks etgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Ilhom Aliev iphone

Baholaganlar

1012

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing