Prezidentning nazariga tushgan Alisher Sa’dullayev yangi lavozimga tayinlandi

Jamiyat

image

23 yoshidayoq Prezident Mirziyoyevning nazariga tushib, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan Alisher Sa’dullayev Qahramon Quronboyevdan bo‘shagan o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 29 avgust kuni imzolagan farmoni bilan Alisher Zafar o‘g‘li Sa’dullayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Ma’lum qilinishicha, Sa’dullayev Yoshlar ittifoqi raisi vazifasini vaqtincha bajarishga ham kirishgan.

U bugungacha Yoshlar ittifoqi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Yoshlar ittifoqi Alisher Sa'dullaev

Baholaganlar

208

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing