Qonun kuchga kirdi. Davlat boj stavkalari qanday o‘zgardi?
Bu qiziq
−
07 yanvar 2020
6895Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Davlat bojlari to‘g‘risida”gi qonunni imzolagani haqida xabar bergan edik. Qonun kuchga kirdi. Xo‘sh u bilan nimalar o‘zgarmoqda?
Ilgari davlat bojlarini hisoblash, to‘lash, ozod qilish va qaytarish tartibi Soliq kodeksining 17-bo‘limi bilan tartibga solingan. Bundan tashqari, 38 dan ortiq qonunosti hujjatlarida davlat bojlari stavkalari va ayrim turlari o‘rnatilgan edi.
"Valyutani tartibga solish to‘g‘risida"gi qonunning 9-moddasiga muvofiq, davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlar faqat O‘zbekistonning milliy valyutasida olinadi, konsullik yig‘imlari bundan mustasno.
Bundan tashqari, davlat rahbarining 2019 yil 21 maydagi "Ish haqi, pensiya va boshqa to‘lovlar miqdorini belgilash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida" gi farmoniga binoan chet el valyutasida belgilangan davlat bojlari stavkalari qonunan qayta ko‘rib chiqildi. Ularni so‘m ekvivalentida yig‘ish tartibi, bazaviy hisob me’yori (BHM,BRV-rus tilida Bazovaya raschyotnaya velichina) asosida belgilanadi.
Umuman olganda, davlat bojlari stavkalari o‘zgarishsiz qoldi va ularning miqdori qonunga ilova bilan belgilanadi, deb ta’kidladi Moliya vazirligi matbuot xizmati.
Quyidagi stavka turlari pasaytirildi:
1. Mulk ijarasini tasdiqlash uchun:
• turmush o‘rtoqlari, uzlarining ota-onalari va turmush o‘rtog‘ining ota-onalari, farzandlari va ularning turmush o‘rtoqlari, nabiralari, buvilari, bobolari, aka-uka va opa-singillari - BHMning 50% dan 25% gacha;
• Jismoniy shaxslar uchun - 1 BHMdan BHMning 50% gacha;
• yuridik shaxslar uchun yoki bir tomon yuridik shaxs bo‘lsa - 2 BHMdan 1 BHMgacha;
2. Adliya organlari tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi uchun:
• respublika, viloyatlararo nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) - 4 BHMdan 3 BHMgacha;
• faoliyati viloyatlarga taalluqli NNT - 2 BHMdan 1 BHMgacha;
• faoliyati tuman, shahar, qishloq, qishloq va ovul hududida joylashgan NNT - 2 BHMdan 50% gacha;
• 3. Jismoniy shaxslarning daromad solig‘ini to‘lashga o‘tishi munosabati bilan, ular tomonidan konsert-ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazish huquqi stavkalari qariyb 4 baravarga pasaytirildi: eng yuqori - birinchi reyting guruhi - 195 BHM dan 50 BHMgacha, eng past guruhi (oltinchi) - 13 BHMdan 4 BHMgacha.
Shuningdek, davlat bojlarining yangi turlari joriy etildi:
• xorijiy sudlar va chet el arbitraj sudlari (hakamlik sudlari) qarorlarining tan olinishi va ijro etilishi sohasida - 2 BHM miqdorida;
• to‘lov tizimi operatori faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berganlik uchun - 5 BHM miqdorida;
• to‘lov tizimlaridan foydalanishga litsenziya berish uchun - 5 BHM miqdorida;
• yangi qonunda davlat bojidan ozod qilingan shaxslar ro‘yxati saqlanib qoldi.
Qonunosti xujjatlarda nazarda tutilgan lekin qonunda nazarda tutilmagan istisnolar ularning amal qilish muddati tugagunga qadar amal qiladi.
LiveBarchasi