Ayrim tadbirkorlar davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi
Jamiyat
−
09:49
1955O‘zbekistonda ayrim tadbirkor va yuridik shaxslar davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 13 yanvar kuni imzolangan “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida"gi qonunda so‘z boradi.
“Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, ma’muriy-hududiy birliklar tuzilganligi yoki tugatilganligi, ularning chegaralari yoki bo‘ysunuvi o‘zgartirilganligi natijasida tadbirkorlik sub’ektlarining va boshqa yuridik shaxslarning joylashgan yeri (pochta manzili) o‘zgarganda ular qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi.
Shuningdek, sug‘urta qildiruvchilar majburiy sug‘urta shartnomalaridan kelib chiqadigan da’volar yuzasidan davlat bojini to‘lashdan ozod etilishini nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Bunda sug‘urta qildiruvchilar (sug‘urtalangan shaxslar, naf oluvchilar, jabrlanuvchilar) majburiy sug‘urta shartnomalaridan kelib chiqadigan da’volar yuzasidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda va Iqtisodiy sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod etiladi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Eslatib o‘tamiz, 11 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tanishgan elektrotexnika sohasidagi natijalar va galdagi vazifalarga oid taqdimotda yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlarni uch yil muddatga foyda va mol-mulk solig‘idan ozod qilish taklif etilgandi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar