Ba’zi boj stavkalari pasaytirilib, yangi boj joriy qilinadi
Jamiyat
−
14 dekabr 2019
5186Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma beshinchi yalpi majlisida senatorlar “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunni ma’qullagani haqida xabar bergan edik.
Mazkur Qonunga muvofiq sud qarorlarining dublikatlari va ko‘chirma nusxalari berganlik bo‘yicha stavkalari Oliy sudning taklifiga muvofiq taqdim etilgan hisob-kitoblari (sud qarorlarining dublikatlari va ko‘chirma nusxalari berish bo‘yicha xarajatlar har bir bet uchun BHMning 0,5 foizi miqdorida bo‘lgan davlat boji stavkasidan oshib ketmoqda) hisobga olgan holda quyidagi turlar bo‘yicha stavkalar pasaytiriladi:
Mol-mulkni ijaraga berish shartnomasini tasdiqlaganlik uchun:
• mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onalariga, bolalari va ularning er-xotinlariga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga BHMning 50 foizidan 25 foiziga;
• jismoniy shaxslar uchun BHMning 1 baravaridan 50 foiziga;
• yuridik shaxslar uchun yoki taraflardan biri yuridik shaxs bo‘lganda BHMning 2 baravaridan 1 baravariga tushirish belgilanmoqda.
Bundan tashqari, Oliy sud taklifiga asosan, shuningdek, sud hokimiyati imijini jahon maydonida oshirish maqsadida chet davlat sudlari va chet davlat hakamlik sudlari )arbitrajlar) qarorini tan olish va ijro etish sohada yangi turdagi davlat boji kiritilmoqda.
Qayd etilishicha, davlat bojining aniq miqdorlarini Qonun darajasida belgilanishi mamlakatning investitsion jozibadorligiga, davlat bojini to‘lanishidagi yukni sub’eklarni geografik joylashishini hisobga olgan holda xolis taqsimlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, shuningdek, hukumatning alohida qarorlarini qabul qilish yo‘li bilan stavkalar miqdorlarini asossiz oshirilishining oldini oladi.
LiveBarchasi