Prezidentning kenja o‘g‘li bosh direktorga o‘rinbosar bo‘ldi

Olam

image

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonning kenja o‘g‘li, Somon Imom 21 yoshda, "Talko Kabel" bosh direktorining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Axbor xabar bermoqda.

Tojikiston Prezidentining kenja o‘g‘li lavozimiga tayinlangan. Shu yilning iyul oyida Tojikiston Milliy universitetini tugatgandan so‘ng darhol yirik sanoat korxonasida ish boshladi.

Boshqa bir manbaga ko‘ra, Somon Imomali Tojikiston Iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirligida ham ishlaydi, ammo vazirlikda rasmiy ro‘yxatdan o‘tmagan.

Somonning akasi — Rustami Imomali ham 2008 yilda Iqtisodiyot vazirligida ish boshlagan. U atigi 9 yil davomida  Bojxona xizmatini, Korrupsiyaga qarshi kurash agentligini boshqargan va 2017 yil yanvar oyidan 29 yoshida Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrining hokimi etib tayinlangan.

Ma’lumot uchun, tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonning 7 nafar qizi hamda 2 nafar o‘g‘li bor.


Maqola muallifi

Teglar

Imomali Rahmon Somon Imomali

Baholaganlar

307

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing