Prezidentning qizi yangi vazirlik tashkil etishni taklif qildi
Olam
−
08 fevral 2019
28337Qozog‘iston Respublikasi parlamenti Senatining xalqaro munosabatlar, mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha doimiy qo‘mitasi raisi Darig‘a Nazarboyeva Hukumat soati vaqtida mamlakatda Savdo vazirligini tashkil etishni taklif qildi. Bu haqda "Bnews.kz" xabar berdi.
Savdo sohasida tartibga solish va ma’muriyatchilik bilan bog‘liq katta muammolar mavjud. Masalan, 2018 yilning 1-choragida mamlakat YAIMda transport va logistika 8,2 foizga teng bo‘ldi hamda biz Transport va infratuzilma vazirligini tashkil etmoqdamiz. 2018 yilning 1-choragida YAIMda ulgurji va chakana savdo hajmi taxminan 15 foizni tashkil etdi. Savdo vazirligi esa hamon mavjud emas", degan Darig‘a Nazarboyeva.
U bugungi kunda Qozog‘iston butun Yevroosiyo materigida yirik tranzit va transport-logistika xabi ekanini ta’kidlab o‘tgan.
"Biz savdoda qayta ishlash va ishlab chiqarishni kuchaytirayotganimiz uchun mustahkamlanayotganimiz yo‘q, balki bugunga kelib Yevroosiyo materigida yirik tranzit, transport-logistika xabi bo‘lganimiz uchun kuchayyapmiz. Bugungi kunda savdo bilan Milliy iqtisodiyot vazirligida Savdo departamenti shug‘ullanmoqda. Yaqinda ular bilan qonun loyihasini muhokama qilish doirasida suhbatlashdik, ta’kidlashlariicha, ularda ham ichki, ham tashqi savdoga ta’sir o‘tkazish richaglari yo‘q. Nega savdo mamlakat YAIMda juda katta ulushga ega bo‘lgan soha sifatida bugungi kunda o‘z vazirligiga ega emas?", deb qayd etgan Darig‘a Nazarboyeva.
LiveBarchasi