FVV ko‘chki xavfidan ogohlantirdi
Jamiyat
−
04 yanvar 2020 6514 1 daqiqa
O‘zbekistonning tog‘liq hududlarida qor ko‘chkisi xavfi yuzaga keldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 4-9 yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasining tog‘li hududlarida ko‘chki xavfi saqlanib turadi.
“Ehtiyot choralarini ko‘rishingizni hamda avariya va boshqa noxush holatlar vujudga kelganda, 1050 qisqa raqamga murojaat etishingizni so‘raymiz”, deyiladi vazirlik xabarida.