Prezidentning bu haftadagi ish rejasi ma’lum qilindi

Jamiyat

image

Boshlangan yangi haftada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahriga chiqib, poytaxtda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishadi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov bugun, 25 iyul kuni Prezident faoliyatiga bag‘ishlangan brifingda aytib o‘tdi. 

“Boshlanayotgan haftamiz ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ish tavqimida juda tig‘iz. Davlat rahbari ishtirokida rejalashtirilgan tadbirlar juda ham ko‘p. Hafta davomida Prezidentimiz huzurlarida bir nechta dolzarb masalalarga bag‘ishlangan tadbir va muhokamalar rejalashtirilgan”, deydi Asadov. 

Uning qayd etishicha, Prezident Mirziyoyev Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishishi ko‘zda tutilgan. 

Shuningdek, dalvat rahbari tarmoq va hududlarda axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazadi. 

28-29 iyul kunlari Toshkentda Shayxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Prezidentning tashkilot Tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuvi ko‘zda tutilgan. 

Bundan tashqari, 25-26 iyul kunlari Toshkentda Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi va unda 20 dan ortiq davlat delegatsiyalari ishtirok etadi. Ularga Prezident murojaat yo‘llashi rejalashtirilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

492

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing