Prezidentning akasi Bolgariya va Ruminiyaga elchi bo‘ldi

Olam

image

Qirg‘iziston Respublikasining Jokorku Kengeshi Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik qo‘mitasi Ukraina va Modovadagi Favqulodda va Muxtor elchisi Jusupbek Sharipovni Qirg‘izistonning Bolgariya va Ruminiyadagi elchisi etib tayinlashni ma’qulladi, deya xabar qiladi “Kaktus media”.

Faoliyati davomida Sharipov Qirg‘izistonning Quvayt, Marokash, Iordaniya va Baxrayndagi elchisi lavozimlarida ham ishlagan. 

Shuningdek, deputatlar Chingiz Ishanbekovni Qirg‘iziston Respublikasining Qatardagi elchisi etib tayinlanishini ma’qulladi. 

Bungacha Ishenbekov Qirg‘izistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi bo‘lib ishlagan. Qirg‘izistonning Qatardagi elchisi Nuran Niyazaliyev Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangandan so‘ng uning o‘rni bo‘shab qolgandi.
 


Maqola muallifi

Teglar

elchi Jusupbek

Baholaganlar

123

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing