Yaponiya harbiy sun’iy yo‘ldoshlarini orbitaga chiqarmoqchi
Olam
−
19 avgust 2019
3483Hozirda Yaponiya hukumati boshqa davlatlarning harbiy sun’iy yo‘ldoshlarini yo‘q qilishga qodir sun’iy yo‘ldoshlarni uchirishni ko‘rib chiqmoqda, deya xabar bermoqda MK.
Hukumat manbalariga ko‘ra, Yaponiya bunday sun’iy yo‘ldoshlarni 2020 yilning ikkinchi yarmida uchirishni boshlashi mumkin. Ushbu qaror kosmosdagi harbiy qarama-qarshilikning tez o‘sib borayotgan xavfi, shuningdek, Rossiya va Xitoyning allaqachon harbiy sun’iy yo‘ldoshlarini ishlab chiqayotgani bilan bog‘liq deb ta’kidlanmoqda.
Mamlakat Mudofaa vazirligi vakiliga ko‘ra, Yaponiya sun’iy yo‘ldoshlari mudofaa qobiliyatiga ega emas. Endi geostatsionar orbitada mamlakatning mudofaa kuchlari o‘z ma’lumotlarini to‘playdigan va ma’lumotlarni uzatadigan sun’iy yo‘ldoshlariga ega bo‘ladi.
LiveBarchasi