Paraosiyo o‘yinlari. O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 23 ta medalni qo‘lga kiritdi
Sport
−
19:09 720 2 daqiqa
Bugun, 19 oktyabr kuni Yaponiyaning Aychi-Nagoya shaharlari mezbonligidagi V yozgi Para Osiyo o‘yinlarining dastlabki kuni bo‘lib o‘tdi. Kun doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi 23 ta medalga sazovor bo‘ldi.
Kunning dastlabki oltin medalini para velotrek bo‘yicha Bobur Toshtemirov qo‘lga kiritdi. U 3 kilometrga yakka tartibda ta’qib qilish poygasida 3:41,263 natija ko‘rsatib, Para Osiyo o‘yinlari rekordini o‘rnatdi. Bu O‘zbekiston tarixida mazkur musobaqada para velosport bo‘yicha qo‘lga kiritilgan ilk oltin medal bo‘ldi.
Para suzishda Lolaxon Qodirova va Yegor Bolotov, para yengil atletikada esa Husniddin Norbekov, Mahliyo Akramova hamda Qudratillo Ma’rufxo‘jayev oltin medallarga ega chiqdi. Qodirova Osiyo rekordini o‘rnatgan bo‘lsa, Akramova va Ma’rufxo‘jayev Paraosiyo o‘yinlari rekordlarini yangiladi.
O‘zbekiston delegatsiyasiga kumush medallarni Uljon Amriyeva, Kemran Nurillayev, Fayozbek Valijonov, Umida Mamarajabova, Omadbek Hasanov, Mubinabonu Xalilova, To‘libboy Yo‘ldoshev, Dmitriy Xorlin, Dias Mirmanov va Aziz Boynazarov keltirdi.
Bronza medallarini esa Bonu Babayeva, Fotima Toirova, Ibrohimjon Akbarov, Qizlarxon Isomiddinova, Muslima Odilova va Zohira Qozoqova qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston delegatsiyasi musobaqada 11 ta sport turi bo‘yicha 149 nafar sportchi bilan ishtirok etmoqda. Musobaqalar joriy yilning 24 oktyabrga qadar davom etadi.
Ayni damda O‘zbekiston delegatsiyasi Para Osiyo o‘yinlarida 23 ta medal bilan Xitoy va Yaponiyadan keyin 3-o‘rinda bormoqda.
Live
Barchasi