Prezidentni qo‘riqlash vakolati DXXdan olinadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Prezident xavfsizligini ta’minlash vakolatidan mahrum qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma birinchi yapi majlisida ma’qullangan “Xavfsizlik va mudofaa sohasidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunda shular nazarda tutilgan.

Qonunga muvofiq “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonunga quyidagicha mazmundagi 9-2 moddasi kiritiladi.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati:

•    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, uning oila a’zolari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan davrda qo‘riqlanishi lozim bo‘lgan chet davlatlar va hukumatlarning, xalqaro tashkilotlar rahbarlarining va boshqa shaxslarning xavfsizligini hamda shaxsiy daxlsizligini ta’minlaydi;

•    qo‘riqlanuvchi shaxslarning doimiy va vaqtinchalik tashrif buyuradigan joylarini, shuningdek xarakatlanish yo‘nalishlari xavfsizligini ta’minlaydi;

•    qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.”

Yangi qonun bilan “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonundan O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, shuningdek chet el davlatlari, hukumatlari boshliqlari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan davrda mazkur davlat (hukumat) boshliqlari va xalqaro tashkilot rahbarlarining xavfsizligi hamda qo‘riqlanishini ta’minlashi to‘g‘risidagi band chiqarib tashlanyapti.

Mazkur qonun Prezident tomonidan imzolanib, e’lon qilingach, kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 yanvardagi farmoni asosida tashkil etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident DXX xavfsizlik

Baholaganlar

435

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing