Prezidentni haqorat qilgan o‘zbekistonlik Ozarbayjonda qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitish bilan bog‘liq jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgan o‘zbekistonlik Omonbek Yusupov Bakudan Toshkentga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Ozarbayjon Bosh prokuraturasi xabar berdi.

43 yoshli Yusupov davlatlararo qidiruvga berilib, joriy yilning aprel oyida Ozarbayjonda hibsga olingan edi. Unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangandi.

“Fuqarolik, oila va jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risida” 2002 yil 7 oktyabrdagi Konvensiyaga asosan, ayblanuvchining ekstraditsiyasi (vatanga topshirilishi) haqida qaror qabul qilinib, u O‘zbekistonning vakolatli organlariga Ozarbayjon Adliya vazirligi Penitensiar xizmatining maxsus konvoyi kuzatuvida topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 25 yoshli O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining jinoiy javobgarlikka tortilishi uchun ekstraditsiya qilinishi yuzasidan O‘zbekiston Bosh prokuraturasining so‘rovi qanoatlantirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident Shavkat Mirziyoev o'zbekistonlik Ozarbayjon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing