Prezidentlikdan so‘ng Zelenskiyni nima kutayotgani taxmin qilindi 

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy 2024 yilgi saylovlarda mag‘lub bo‘lsa, mamlakatni tark etishga majbur bo‘ladi. Bu taxminni ukrainalik siyosatshunos Ruslan Bortnik bildirdi.  

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘z faoliyati davomida Zelenskiy ko‘plab odamlarning “yo‘lini kesib o‘tgan”, ular esa Zelenskiyni tinch qo‘ymasligi mumkin. 

“Agar Zelenskiy prezidentlik saylovida mag‘lub bo‘lsa, menimcha, uni muhojirlik kutmoqda”, deb hisoblaydi ekspert. 

Uning ta’kidlashicha, Zelenskiy qo‘lidagi “qurbonlar” orasida qasoskor shaxslar, jumladan kontrabandachilar ham bor. 

Eslatib o‘tamiz, Ukraina Mudofaa vazirligi bosh razvedka boshqarmasi sobiq rahbari Vasiliy Burba Prezident Vladimir Zelenskiy ustidan sudga murojaat qilishini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Zelenskiy

Baholaganlar

485

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing