Prezidentlik poygasi iyun oyidagi bir kecha bilan hal bo‘lmaydi – Kamola Harris

Olam

image

AQSH vitse-prezidenti Kamola Harris demokratlarning saylovoldi birinchi bahsidan keyin Oq uy rahbari Jo Baydenning yomon ishlashi haqidagi xavotirlarini yo‘q qilishga urindi. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi.

Baydenning munozaralar chog‘ida nisbatan sekin bahlashishi va vaqti-vaqti bilan sust javob berishi saylovchilarning uning yana to‘rt yillik prezidentlik muddatini egallashga loyiq emasligi haqidagi xavotirlarni kuchaytirdi va ba’zi demokratlarda 5 noyabrda bo‘lib o‘tadigan saylovda nomzod sifatida uning o‘rnini egallashi mumkinligi haqida fikr uyg‘otgan.

“Ushbu poyga natijalari iyun oyining bir kechasi bilan hal etilmaydi. Ularni siz, biz hal qilamiz. Kelgusi yil Oq uyni kim boshqarayotganini keyingi 130 kun ichida birgalikda nima ishlar qilishimiz aniqlab beradi. Va nihoyat, bu saylovda hamma bir savol oldida turibdi. Biz qanday mamlakatda yashashni xohlaymiz? Erkinlik, adolat va qonun ustuvorligi ta’minlangan mamlakatdami yoki aksincha?” degan Harris.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oq uy rahbari Jo Bayden joriy yilning noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan saylovlarda raqib nomzod Donald Tramp bilan bahsda yaxshi natija ko‘rsatmaganini tan olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

saylov Jo Bayden Kamala Xarris demokrat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing