Prezidentlarning “savdosi”ni vazirlar davom ettirdi

Olam

image

Bugun, 30 may kuni Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li va AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi, unda Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish jarayoni va don kelishuvi muhokama qilindi. Bu haqda Turkiya TIV ma’lum qildi.

“Kotib Blinken Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an qayta saylangani munosabati bilan tabriklarni yetkazdi. Muzokaralarda Turkiya va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi strategik mexanizmning bo‘lajak yig‘ilishiga tayyorgarlik, mudofaa sanoati sohasida hamkorlik, Nyu-Yorkdagi Turk uyiga hujum, Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish jarayoni va Istanbul don kelishuvi kabi masalalar muhokama qilindi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH Prezidenti Jo Bayden Turkiya yetakchisi Rajab Toyib Erdo‘g‘anga telefon qilib, uni saylovdagi g‘alabasi bilan tabriklagandi. Suhbat chog‘ida Erdo‘g‘an Anqaraning AQSHdan F-16 qiruvchi samolyotini sotib olish loyihasi ustida ishlash haqida so‘z ochgan bo‘lsa, Bayden Turkiyaning Shvetsiyasini NATOga a’zo bo‘lishiga qo‘ygan cheklovidan voz kechishini istashini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Turkiya Erdo'g'an Bayden Chavusho'g'li Blinken

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing