Prezidentlar chegarada uchrashdi

Olam

image

Bugun, 26 iyul kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon va Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov ikki davlat chegarasi kesishgan joyda uchrashdi. Bu haqda AP xabar berdi.

Ular Qirg‘iziston-Tojikiston chegara hududida yashovchi aholi vakillari, qishloq oqsoqollari bilan uchrashdi.

Rahmon va Jeenbekov oqsoqollar bilan uchrashuvdan keyin Isfara shahrida “tet-a-tet” uchrashuv o‘tkazadi. Uchrashuvda chegaradagi vaziyatlar ham muhokama qilinishi kutilyapti. Keyinroq ularga ikki davlat delegatsiyalari ham qo‘shiladi.

Eslatib o‘tamiz, 22 iyul kuni ikki davlat chegarasidagi Vorux qishlog‘ida qurolli mojaro yuz bergandi. Janjal Qirg‘izistonning Oqsoy qishlog‘i aholisi Tojikiston hududi hisoblangan Vorux qishlog‘i aholisining bayroq o‘rnatishiga qarshi chiqishidan kelib chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

chegara Qirg'iziston-Tojikiston

Baholaganlar

327

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing