Prezidentining ayrim hujjatlariga valyuta va soliq bo‘yicha o‘zgartirish kiritildi
Jamiyat
−
06 Sentabr 2019
3600O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, chet el valyutasida daromad oluvchi yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tadbirkorlar, shuningdek fermer xo‘jaliklari o‘z hisobvaraqlaridagi mablag‘larni faqat milliy valyutada yechib oladilar (hozirga qadar chet el valyutasida yechib olishi mumkin bo‘lgan), chet el valyutasidan chet elda foydalanish bundan mustasno.
Shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlariga ularning boshqaruv organlari 2017 yilning 5 sentyabriga qadar tashqi savdo kontraktlari bo‘yicha hosil bo‘lgan kreditor qarzdorlikni hisobdan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilganida hisobdan chiqarilayotgan kreditor qarzdorlik summasiga soliq majburiyatlarini qo‘shib hisoblamaslikka ruxsat berildi.
LiveBarchasi