Prezidentga muntazam hisobot beruvchi yangi inspeksiya ish boshladi

Jamiyat

image

Hukumat qarori bilan “Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida ma’lum qilindi.

Nizomga muvofiq, Inspeksiya davlat boshqaruvi organi hisoblanadi va agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish vazifasini amalga oshiradi.

Inspeksiya qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan nazorat qiladi.

Shuningdek, nizom bilan Inspeksiyaning huquqlari va javobgarligi, funksiyalari belgilab berildi.

Inspeksiya boshlig‘i Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod qilinadi.

Inspeksiya boshlig‘i o‘z faoliyati to‘g‘risida Hukumat va Prezidentga muntazam hisobot beradi.


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi

Baholaganlar

173

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing