O‘zbekistondagi to‘yda qatnashgan qozog‘istonlik ayol koronavirus yuqtirib oldi

Olam

image

Qozog‘istonlik ayolda O‘zbekistonga borib kelganidan keyin koronavirus qayd etildi. Bu haqda Olma-ota viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, 1960 yilda tug‘ilgan ayol Qoraqalpog‘iston Respublikasining To‘rtko‘l tumanida yashovchi qarindoshining to‘yiga borib-kelgach, unda koronavirus infeksiyasi alomatlari qayd etilgan. To‘yga borganlar 26 mart kuni o‘z uyiga qaytgan. 27 mart kuni ularning barchasi izoyatsiyaga olingan. Karantin davrida ulardan koronavirus testi olingan. Natijalar esa 1960 yilda tug‘ilgan ayol koronavirus yuqtirib olganini ko‘rsatgan. U zudlik bilan Qorasaroy tumani yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan. 

Shuningdek, Olma-ota viloyatida yana bir holat qayd etilgan. Qorasaroy tumanida yashovchi 1979 yilda tug‘ilgan ayol ham koronavirus infeksiyasiga chalinib, yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. Shuningdek, u bilan yaqin muloqotda va muloqotda bo‘lgan 8 kishi karantinga olingan. Ular orasida ayolning o‘g‘li va turmush o‘rtog‘i ham bor. 

Ma’lumot o‘rnida, Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar 294 kishini tashkil etmoqda. Ulardan bir nafari vafot etgan, 20 kishi sog‘aygan. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Hozirga kelib ushbu virusni yuqtirib olganlar 149 kishini tashkil etmoqda. Kasallanganlardan ikki nafari vafot etdi, 7 kishi sog‘ayib, oilasi bag‘riga qaytdi

Mamlakatda Toshkent shahri va 7 viloyatda koronavirus bilan bog‘liq holat qayd etilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi ushbu ro‘yxatdan o‘rin olmagan. 


Maqola muallifi

Teglar

to'y koronavirus

Baholaganlar

378

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing